Sifati kafolatlangan LYUKS oshxona 30 kun ichida
Birinchi 10 mijoz uchun SOVG‘A sifatida zamonaviy qimmatbaho moyka

Barcha ma'lumotlar maxfiy saqlanadi
Siz uzoq kutishlar va sifatsiz ish natijasidan charchadingizmi?
Aytilgan materiallarga mos kelmaydigan materiallar uchun ortiqcha to‘lov qilishingizga to‘g‘ri kelyaptimi?
Ustalarning ko‘plab kamchiliklari mavjud, lekin buning uchun hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmayaptimi?
Oshxonangizni sinovdan o‘tmagan kompaniyalarga ishonish natijasida vaqt, pul va asablarni yo‘qotish xavfi mavjud. Arzon takliflar ortida aksariyat hollarda yashirin xarajatlar bo‘ladi va hech qanday kafolat berilmaydi.
Noprofessionallar tomonidan tayyorlangan oshxona nafaqat estetik ko‘rinishini yo‘qotadi, balki tezda yaroqsiz holga ham kelib qoladi.
“ALOHA Mebel” kompaniyasi sizga eksklyuziv loyihalar, yuqori sifatli materiallar va ishni bajarishda muddatlarga qat’iy amal qilishni taklif etadi.
Biz sifatiga kafolat beramiz va konsultatsiya, o‘lchovlar hamda 3D dizaynni bepul taklif qilamiz. Bizni tanlash orqali siz yuqori sifat, ishonchlilik va professionallikka ega bo‘lasiz, bu bizni raqobatchilardan ajratib turadigan jihatlarimizdan bo‘lib, sizga uyingizning yuragiga aylanadigan ideal oshxonani kafolatlaydi.

“ALOHA Mebel” kompaniyasi Toshkent va Toshkent viloyati bozor segmentida mualliflik dizayn loyihalari asosida noyob premium oshxonalarni yaratish bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Kompaniya asoschilari — Sherzod va Rufina, o‘z orzu va intilishlarini sevimli biznesga aylantirib, mebel sanoatida birgalikda ish boshlaganlar. Kompaniya kichik oilaviy biznesdan o‘z ishiga fidoyi va mehr bilan munosabatda bo‘lgan katta professionallar jamoasiga aylandi. 4 yillik faoliyatimiz davomida biz 200 dan ortiq mijozlarni, shu jumladan, Hindistonning “NephroPlus” tibbiy klinikasi kabi yirik mijozlarni mamnun qilmoqdamiz.
Biz “Woodline” mebel fabrikasi va Yevropaning premium material va furnituralar ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilamiz. Jamoamiz zamonaviy yechimlarni taqdim qilish maqsadida sohadagi so‘nggi tendensiyalarni doimiy kuzatib boradi.
Biz professionallik, sifat va detallarga alohida e’tibor asosiga qurilgan ish faoliyatimiz natijasi o‘laroq, chidamli va zamonaviy mebellar yaratamiz. Biz har bir loyihaga individual yondashuvimiz asosida mijozlarimizga qulaylik va quvonch taqdim etamiz.

Loyihani tayyor holatga keltirish asosida ishlaymiz — loyihalashtiramiz, ishlab chiqaramiz
va yig‘amiz
Aniq kafolatni taqdim etamiz
Muayyan interyer uchun mutlaqo original loyihalar yaratamiz
Bir nechta dizayn g‘oyalarini taklif qilamiz va siz eng yaxshisini tanlaysiz
Oshxona sizning uyingizda qanday ko‘rinishini 3d format maket asosida ko‘rsatamiz
Barcha oila a’zolari uchun qulay bo‘lishi nuqtayi nazaridan ergonomika ustida ishlaymiz
Ekologik toza premium materiallardan foydalanamiz
Analogi mavjud bo‘lmagan mualliflik ishlov berish texnikasi va bezatish usullaridan foydalanamiz
Yevropa furniturasi va dizaynerlik asosidagi tutqich hamda dekorlardan iborat tarkibiy qismlarni tanlaymiz
Qulay saqlash tizimlarini yaratish maqsadida ilg‘or yechimlardan foydalanamiz


Oshxona uchun Aloha mebelga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz yangi joyga ko‘chib o‘tganimizda, yangi oshxona yaratish kerak bo‘ldi. Fasadlarning sifati, o‘ziga xosligi, oshxona garnituralari dizayni yoqqani uchun biz ushbu kompaniyani tanladik. Ularning dizayner-konsultantiga rahmat, u bizning tasavvurimizdagi oshxonamizni haqiqatga aylantirdi, bizning loyihamizni juda ustalik bilan yaratdi. Oshxonamiz 18 kun ichida tayyor bo‘ldi, yetkazib berish, yig‘ish, hammasi aniq belgilangan vaqtda bo‘ldi. Barchasi ko‘ngildagidek bajarildi. Furnituralar Italiyadan, tortmalar hammasi “dovodchik”lari bilan. Har bir detalda uslub va sifat uyg‘unligi bor. Bu kompaniyani tanlaganimdan zarracha afsuslanmadim, har kuni oshxonamdan zavq olaman.

Xayrli kun! Bir yarim yil oldin biz oshxona garnituramizni yangilashga qaror qildik. Bir tanishimizning ALOHA mebelga
buyurtma bergan chiroyli oshxonasini ko‘rdik va darhol ularga murojaat qildik. Oshxonani tanlash, dizayn, materiallar, mexanizmlar va rang haqida qaror qabul qilish uchun bizga uzoq vaqt kerak bo‘ldi. Va nihoyat, biz ideal oshxonamizni topdik. Bizga ular o‘z ishlariga juda mas’uliyat bilan yondashgani, professional jamoasi borligi, hamma narsani ikki martadan o‘lchagani, har bir santimetr ustida ish olib borgani yoqdi. Buyurtmamiz 2 haftada tayyor bo‘ldi. Men oshxonadan mamnunman, u juda qulay, saqlash joylari juda ko‘p, endi hamma narsani qayerga joylayman, deb o‘ylamayman. Biz butun oilamiz bilan oshxonamizni yaxshi ko‘ramiz, hatto bir yarim yildan keyin ham u yangidek ko‘rinmoqda.

Men uyni ta’mirlash jarayonida oshxonadagi mebel haqida eng ko‘p tashvishlandim — hammasini yaxshi qila olisharmikin, barcha jihozlar mos, hamma narsa iloji boricha funksional bo‘larmikin, bo‘sh joydan maksimal samarali foydalana olisharmikin deb o‘ylardim.
Men kompaniyani “otziv”lar asosida tanladim va Aloha Mebelni tanlaganimdan afsuslanmadim. Rostini aytsam, barchasi zo‘r, ular har bir detallarga qadar alohida e’tibor qilishdi, materiallar yuqori sifatli, furnitura, barchasi joyida. Fasad juda yaxshi o‘ylangan, turmush o‘rtog‘imning barcha istaklarini inobatga olishdi. Oshxonani o‘rnatishganidan so‘ng, hammasini o‘zlari tozalab, qutilarni ham yig‘ib ketishdi. Men xohlaganimga erishdim, oshxonaning funksionalligi eng yuqori darajada va dizaynga shunchaki gap bo‘lishi mumkin emas. Premium bu — premium ekanligiga amin bo‘ldim.



Materiallar, furnitura va professionallik sifatini qadrlamasangiz
Tajribasiz ustalarning barcha kamchiliklariga ko‘z yumish asosida tejashga tayyor bo‘lsangiz
Oddiyroq mebellarni afzal ko‘rsangiz
Oldindan tayyorlangan oshxona garniturasini xohlasangiz
Eksklyuzivlik va yuqori sifat sizda ustuvor bo‘lmasa
Bepul konsultatsiya va o‘lchovlar
Individual oshxona dizayni loyihasini ishlab chiqish
Loyihani vizualizatsiya qilish uchun 3D maket yaratish
Premium materiallardan foydalanish (Avstriya, Yaponiya, Italiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiyadan tabiiy yog‘och, MDF, DSP, LDSP)
“Hettich” nemis mebel furniturasi
Ikki martalik o‘lchovlar (dastlabki va nazorat)
Mebelning professionallar tomonidan yig‘ilishi
Oshxonani yetkazib berish va o‘rnatish
Ishlab chiqarish muddatlariga rioya qilish — maksimal 20 kun
Tayyorlash sifatiga kafolat — 1 yil
Servis xizmati — 2 yil
Oshxonaga buyurtma berishda sovg‘a sifatida — yuqori sifatli moyka
Belgilangan muddatlarga rioya qilinmasa, 10 % lik chegirma

1. Dastlabki muloqot:
Bepul konsultatsiya
O‘lchov olish uchun yozilish
2. O‘lchovlar:
Joyning professional o‘lchovlari
Mijozning istak va talablarini muhokama qilish
3. Loyihani ishlab chiqish:
Individual dizayn loyihasini yaratish
3D formatida vizualizatsiya
4. Materiallar va qismlarni tanlash:
Premium materiallar va furnituralarni tanlash
Barcha detallarni mijoz istaklariga muvofiqlashtirish
5. Tayyorlash:
Oshxona garniturasini tayyorlash
Har bir bosqichda sifat nazorati
6. Yetkazib berish va o‘rnatish:
Oshxona to‘plamini obyektga yetkazib berish
Professional yig‘ish va o‘rnatish
7. Yakuniy bosqich:
Yakuniy sifat tekshiruvi
Oshxonani mijozga topshirish
Kafolat hujjatlarini taqdim etish

Siz “ALOHA Mebel” tomonidan individual loyiha asosida yaratilgan yangi oshxonaga kirdingiz. Har bir detal ideal tanlangan, premium materiallar qulaylik va hashamat muhitini yaratgan. Keng yorug‘lik, barcha elementlarning qulay joylashuvi — bularning barchasi sizga zavq bilan taom tayyorlash va oilangiz bilan unutilmas lahzalarni o‘tkazishingizga yordam beradi.
Endilikda bu oshxona— shunchaki taom tayyorlaydigan joy emas, balki yaqinlaringiz va do‘stlaringiz jamuljam bo‘ladigan uyingizning yuragi. Siz o‘z tanlovingizdan faxrlanasiz va har kuni yangi oshxonangizdan zavq olasiz.
Ammo siz bu taklifdan foydalanmasangiz-chi? Sizda quvonch va qulaylik keltirmaydigan eskirgan, noqulay oshxona qoladi. Birgina kichik harakat orqali sizning hayotingiz yanada yaxshi tomonga o‘zgarishi mumkin. Uyingizni chinakam qulay va zamonaviy qilish imkoniyatini boy bermang.
“ALOHA mebel”ni tanlang va yangi oshxonada o‘tkazgan har bir daqiqangizdan zavq oling.
Tayyorlash sifatiga kafolat — 1 yil
Servis xizmati — 2 yi
Lyuks toifa materiallar
Ishlab chiqaruvchidan materiallar va furnitura uchun kafolat
Ikki martalik o‘lchovlar (dastlabki va nazorat)
Mijoz bilan rasmiy shartnoma tuzish
Ishlab chiqarish muddatlariga rioya qilish — maksimal 20
kun
Belgilangan muddatlarga rioya qilinmasa, 10 % lik chegirma.

Buyurtma asosida tayyorlangan oshxona narxi har bir loyiha uchun 10 000 000 so‘mdan boshlanadi
Narx ichiga quyidagilar kiradi: konsultatsiya, o‘lchovlar, dizayn loyihasini ishlab chiqish, 3D maketni yaratish, premium materiallar, nemis “Hettich” furniturasi, yetkazib berish va o‘rnatish
To‘lov shakllari: naqd va naqd pulsiz
Belgilangan muddatlarga rioya qilinmasa, 10 % lik chegirma
Oshxonaga buyurtma berishda sovg‘a sifatida — yuqori sifatli moyka
This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.